
Rasman! Fayzullaev jamoasi bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
TsSKA klubining rasmiy sayti bosh murabbiy Vladimir Fedotov bilan hamkorlik to‘xtatilganini e’lon qildi.
Fedotov bilan birga uning shtabidan joy olgan mutaxassislar – Oleg Fomenko, Murat Iskakov, Radik Yamlixanov va Nikolae Rusu ham klubni tark etadigan bo‘ldi.
- Klub Vladimir Fedotovga biz bilan birga bo‘lishilgan g‘alabali lahzalar uchun minnatdorlik bildiradi. Vladimir Valentinovich, kelajakdagi murabbiylik faoliyatingizda sizga muvaffaqiyat tilaymiz, - deyiladi TsSKA klubi bayonotida.
Vladimir Fedotov TsSKAni 2022 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida “armiyachilar” 2023 yil Rossiya kubogiga sazovor bo‘lgan.
TsSKAning o‘zbekistonlik legioner Abbosbek Fayzullaev jamoaga tez kirishib ketishida Vladimir Fedotovning yordami tekkanini alohida e’tirof etgan edi.
Fikrlar