
Rasman! Flik o‘z lavozimidan ozod qilindi
Rasman Germaniya terma jamoasi Xans-Diter Flikni o‘z lavozimidan ozod qilgani haqdqa xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Germaniya so‘nggi 5 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Shuningdek, Qatardagi mundialni omadsiz yakunlanganidan keyin 58 yoshli nemisga ishonch kamaygandi. Yaponiya bilan bo‘lgan o‘rtoqlik bahsidan keyin rahbariyat uni bo‘shatishga qaror qildi.
Mish-mishlarga ko‘ra, ayni paytda yangi murabbiy kelishi borasida muzokaralar ketmoqda. Variantlar orasida Yulian Nagelsmannham bor.
Flik 2021 yili terma jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan. Uning qo‘l ostida Germaniya 25 ta o‘yin o‘tkazib, 12 marta g‘alaba qozondi. 7 durang va 6 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Fikrlar