Rasman! Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tdi

  • 31 yanvar, 2022, 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Volfsburg" klubi o‘zining rasmiy saytida "Union" hujumchisi Maks Kruzening transferi haqida e’lon qildi.

Transfer summasi besh million evroni tashkil qildi. Futbolchi "bo‘rilar" bilan 2023 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagan. Eslatib o‘tamiz, Kruze uchun bu jamoa begona emas. U 2015-2016 yillarda “Volfsburg” safida to‘p surgan.

33 yoshli Kruze 2020 yildan beri “Union” sharafini himoya qilib kelayotan edi. U poytaxt klubi safida jami 45 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bungacha u "Verder", "Sankt-Pauli", "Frayburg", "Borussiya" va "Fenerbaxche" klublarida ham to‘p surgan. Germaniya terma jamoasi safida 12ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!