
Rasman! Iker Kasilyas "Real"ga qaytdi
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Real" klubida ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kasilyas "Real" klubi bosh direktori o‘rinbosariga aylandi. U "qirollik klubi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va Kasilyas 1998 - 2015 yillar asosiy jamoada faoliyat yuritgan.
- Kasilyas — "Real" afsonasi, u klubimiz qadriyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, jamoamiz tarixidagi eng yaxshi darvozabon, - deyiladi klub rasmiy saytida.
Fikrlar