Rasman! Ikki yulduz “Manchester Yunayted”ni tark etdi

  • 6 iyun, 2024, 06:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” matbuot xizmati jamoani ikki nafar futbolchi tark etganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra,  frantsiyalik o‘yinchilari – himoyachi  Rafael Varan va hujumchi Antoni Marsyal shartnomasi yakunlangani munosabati bilan klubdan ketishiga to‘g‘ri keldi.

Varan 2021 yili “Real”dan transfer qilingan edi. Shu paytga qadar jamoada barcha turnirlarda 95 ta uchrashuvda qatnashib, ikkita gol va bitta assist qayd etdi.

Marsyal esa, 2015 “Monako”dan katta umidlar bilan olib kelingan. Lekin u asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylana olmadi. To‘qqiz yil davomida 317 ta bellashuvda 90 ta gol va 47 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!