Rasman! Italiyada futbol uchrashuvlari to‘xtatildi

  • 08.03.2020 01:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

3 aprelga qadar Italiyadagi futbol uchrashuvlari bekor qilindi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Bunga Italiya milliy olimpiya qo‘mitasining mamlakatda COVID-19 virusi (koronavirus) tarqalishi tufayli qabul qilgan qarori sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya ayni damda koronavirus eng ko‘p tarqalgan dunyodagi 3-davlat bo‘lib turibdi. Hozirda mamlakatda 7500 dan ortiq inson ushbu virusni yuqtirib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!