
Rasman! Jasur Jaloliddinov premer-liga klubiga ko‘chib o‘tdi. Endi u mashhur murabbiy qo‘l ostida o‘ynaydi
Avval xabar berganimizdek, o‘tgan mavsumni "Andijon"da boshlab "Lokomotiv"da tugatgan yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov qo‘shni Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga ko‘chib o‘tdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi "Qayrat"da ijara asosida to‘p suradi. Uning "Lokomotiv" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Qayrat"ni turkmanistonlik mashhur murabbiy Qurbon Berdiev boshqarib bormoqda. Jamoa o‘tgan mavsum Qozog‘iston premer-ligasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar