
Rasman! Kilian Mbappe - "Real Madrid" futbolchisi
Uzoq kutilgan yangilik e’lon qilinda. Rasman Mbappe "Real Madrid" futbolchisiga aylandi.
Tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Uning maoshi Vinisius va Bellingemlarniki bilan deyarli bir xil bo‘ladi. Shuningdek, frantsiyalik hujumchi birinchi mavsum 9, undan keyin esa 10-raqamni olishi taxmin qilinmoqda.
Mbappening tanishtiruv marosimi katta ehtimol bilan "Evro-2024" turniridan so‘ng bo‘lib o‘tadi. Oldinroq uning Olimpiadada ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar