Rasman! Kolarov "Inter" futbolchisiga aylandi

  • 08.09.2020 19:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" himoyachisi Aleksandar Kolarov endi "Inter" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

34 yoshli serbiyalik futbolchining transferi “neradzurrilar”ga 1,5 million evroga tushgan. Uning o‘zi esa, yangi jamoasi bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolagan.

Kolarov "Roma" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida rimliklar safida jami 132 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol hamda 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U faoliyati davomida "Chukarichki", OFK, "Latsio" va "Manchester Siti" klublarida ham o‘ynagan. Serbiya terma jamoasida esa 90 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!