
Rasman! Lopetegi "Sevilya"da 2024 yilga qadar qoladigan bo‘ldi
"Sevilya" bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis andalusiyaliklar bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi avvalgi kelishuv 2022 yilga qadar imzolangan edi.
Lopetegi “Sevilya”ni 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa o‘tgan mavsum Evropa ligasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar