
Rasman! Lopetegi "Vest Xem" bosh murabbiyi
Yaqindagina "Vest Xem" David Moyesni o‘z lavozimidn ozod qilgandi. Uning o‘rniga klub sobiq "Vulverxempton" ustozi Xulen Lopetegi bilan shartnoma imzoladi.
Ispaniyalik murabbiy 1 iyuldan klubda ish boshlaydi. Uning o‘zi "bolg‘achilar"ni qabul qilib olishi haqida shunday dedi:
"Ha, menda boshga boshqa takliflar tushdi, lekin "Vest Xem"da ekanligimdan xursandman. Biz katta marralarni zabt etish uchun qaytdik", dedi Lopetegi.
Sobiq "Real" va "Sevilya" klublari va Ispaniya terma jamoasini boshqargan Xulen o‘tgan yili yozda "Vulverxempton" rahbariyati bilan kelisha olmay, klubni tark etgandi. Oradan bir yil o‘tgach u yana APLda ish boshlamoqda.
Fikrlar