
Rasman! "Manchester Siti" goleador futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"River Pleyt" hujumchisi Xulian Alvares" "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Bu haqda "shaharliklar" matbuot xizmati xabar berdi.
Ingliz klubi 22 yoshli argentinalik futbolchi bilan 5 yarim yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Alvares "River Pleyt"da mavsum yakuniga qadar ijarada o‘ynaydi.
Avvalroq, "Siti" Xulian uchun bonuslar va soliqlarni hisobga olgan holda, 18,5 million evro to‘lashi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Alvares Argentina klubi safida jami 96 ta o‘yin o‘tkazib, 36 ta gol va 25 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar