Olis o‘lkada noyob iste’dodga ega futbolchi paydo bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Janubiy Amerika futbolidagi iste’dod egasini Angliya premer-ligasiga olib kelishni rejalashtiryapti.
Asli boliviyalik bo‘lgan Gabriel Vilyamil bugungi kunda Ekvadorning “LDU Kito” klubida faoliyat ko‘rsatmoqda. 24 yoshli futbolchining o‘yini “Manchester Siti” skautlari va shaxsan Xlsep Gvardiolaning e’tiborini tortgani aytilmoqda.
Gabrielning o‘zi ham Evropa futbolida unga imkon berilishini kutib yashamoqda.
Vilyamil 2018-2023 yillar davomida o‘z yurtida “Bolivar” jamoasi sharafini himoya qilgan va ikki bor Boliviya chempionligiga sazovor bo‘lgan.
Keyin “LDU Kito” jamoasi safiga qo‘shilgan bu futbolchi jismoniy ko‘rsatkichlari, o‘yin olib borish usuli va himoyalanish qobiliyati bilan mutaxassis va murabbiylar nazariga tushdi.
Mahoratli yarim himoyachi Boliviya terma jamoasi safida 17 ta uchrashuvda ishtirok etgan. “Manchester Siti” bu o‘yinchi bo‘yicha hali rasmiy taklif yuborgani yo‘q. Transfer bo‘yicha ekspertlar “shaharliklar” bu savdoni yozga mo‘ljallayotganini ta’kidlayapti.



Fikrlar