Rasman! "Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi La Liga grandi bilan shartnoma imzoladi

  • 31 iyul, 2024, 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti" va "Lester" klublarining sobiq hujumchisi Kelechi Ixeanacho faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettiradi. "Sevilya" o‘z sahifalarida nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, mehnat shartnomasida uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Ixeanachoning so‘nggi klubi "Lester" hisoblanadi. Futbolchi “tulkilar” safida 232 ta o‘yin o‘tkazgan va bu o‘yinlarda raqiblar darvozasini 61 marta ishg‘ol qilgan hamda 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning “Lester” bilan amaldagi shartnomasi 1 iyulda o‘z nihoyasiga etdi va u yangi klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

“Sevilya” o‘tgan mavsumda La Ligani 14-o‘rinda yakunladi va evrokuboklarga yo‘llanma ololmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!