Rasman! "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni faoliyatini yakunladi (video)

  • 30 sentabr, 2019, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda “Kolorado” klubida to‘p surayotgan AQSh terma jamoasi sobiq darvozaboni Tim Xovard bugun futbolchilik faoliyatini yakunladi.

40 yoshli posbon bugun MLSning “Dallas”ga qarshi o‘yinda o‘zining professional faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. U ushbu bahsda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Tim Xovard o‘zining futbolchilik faoliyati davomida jami 700 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, ularning 300 tasida g‘alaba qozongan va 211 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan. U AQSh terma jamoasi safida 2007 va 2017 yillarda “Oltin KONKAKAF” kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!