Rasman! Messi La Liganing ilk turini o‘tkazib yuboradi

  • 16.08.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun Ispaniya La Ligasida yangi 2019/20 yilgi mavsumga start beriladi. Chempionatni “Atletik” hamda “Barselona” jamoalari bahsi boshlab beradi.

Kataloniyaliklar ustozi Ernesto Valverde ushbu bahs qaydnomasini e’lon qildi. Ta’kidlash kerakki, ushbu ro‘yxatdan PSJga o‘tishi aytilayotgan Filippe Koutino joy olgan. Artur, Arturo Vidal, Mussa Vage, Jan-Kler Todibo va Lionel Messilar esa ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishadi.

Darvozabon: ter Shtegen, Penya

Himoyachilar: Semedu, Pike, Langle, Alba, Umtiti, Firpo,

Yarim himoyachilar: Rakitich, Buskets, Koutino, Rafinya, Alenya, Roberto, de Yong

Hujumchilar: Grizmann, Suares, Dembele, Peres

Eslatib o‘tamiz, "Atletik" - "Barselona" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!