
Rasman! "Milan" "Sevilya" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Sevilya" klubi himoyachisi Simon Kyaer faoliyatini "Milan"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 30 yoshli daniyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olishgan.
Ma’lumot uchun, Kyaer mavsumning dastlabki qismini “Atalanta” safida ijarada o‘tkazgan edi. Uning transferi 6,5 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar