Rasman! "Monako" 6 nafar futbolchining jamoadan ketganini ma’lum qildi

  • 25 iyun, 2020, 17:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Monako” klubi o‘zining rasmiy sayti orqali 6 nafar futbolchi bilan shartnoma muddati yakunlangani haqida e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, darvozabonlar – Diego Benalo va Seydu Si, hujumchi Mussa Silla shartnoma muddati tugagani bois jamoani erkin agent sifatida tark etishgan.

Yana uch nafar futbolchi esa ijara muddati nihoyasiga etgani munosabati bilan o‘z jamoalariga qaytib ketishdi. Adrien Silva va Islam Slimani “Lester”ga, Temue Bakayoko esa “Chelsi”ga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” muddatidan avval yakunlangan Frantsiya chempionatida 9-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!