
Rasman! MYu futbolchisi "An-Nasr" bilan shartnoma imzoladi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
Braziliyalik futbolchi "An-Nasr" bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar 2025 yilga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekdi. Transfer summasi 4 million evro hamda bonuslarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli futbolchining transfer huquqi MYuga tegishli hisoblanadi. U so‘nggi mavsumni "Sevilya"da o‘tkazgandi.
Fikrlar