
Rasman! MYu himoyachi sotib oldi
"Manchester Yunayted" klubi matbuot xizmati yangi futbolchi xarid qilinganini e’lon qildi.
"Portu" sharafini himoya qilgan Aleks Telles "qizil iblislar" tarkibiga qo‘shildi. 27 yoshli himoyachi mankuniyaliklar bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Shuningdek, tomonlar roziligiga ko‘ra, uni yana 1 mavsumga uzaytirish varianti ham mavjud.
MYu rahbarlari bundan avval, Donni van de Bekni ham sotib olgan edi.
Fikrlar