Rasman! "Nasaf" 2024/2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi g‘olibi!

  • 27 may, 21:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superkubogining final uchrashuvida "Nasaf" "Andijon" bilan kuch sinashib, Husayn Norchaevning goli evaziga g‘alaba qozondi. 
 
Uchrashuvning birinchi bo‘limida ikki jamoada ham golli vaziyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da, foydalana olishmadi. Shu bilan birga, birinchi bo‘limga 4 daqiqa qo‘shib berildi. Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek, qiziqarli va xavfli hujumlarga boy boshlandi. 72-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Sherzod Nasrullaevga nisbatan Usmonali Ismonaliev tomonidan qoida buzildi. 11 metrlik jarima zarbasidan esa Husayn Norchaev unumli foydalanib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol final uchrashuv taqdirini hal qildi. 
 
Goldan so‘ng "burgutlar" ham yanada joylanib, xavfli hujumlar uyushtirishgan bo‘lsa-da, golga aylantira olishmadi. 
 
Ushbu g‘alaba orqali "Nasaf" 2024/2025 yilgi O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga aylandi!

  • O'zbekiston - Superkubok
  • Final

Nasaf

  • Khuisain Norchaev 72'
Tugadi
1 : 0

27.05.2025 19:30

Tecno

Andijan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!