
Rasman! "Navbahor" va "Bunyodkor" o‘zaro futbolchi almashdi
Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Superliga klublari transfer oynasining so‘nggi soatlaridan unumli foydalanishga harakat qilmoqda.
Bugun "Bunyodkor" yilni "Navbahor"da boshlagan Farruh Ikromovni o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘z navbatida, "lochinlar" "qaldirg‘ochlar" vakili Doniyor Abdumannopov bilan shartnoma imzoladi. Har ikki klub yangi futbolchilarini O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, birinchi davrada Farruh namanganliklar libosida 5 uchrashuvda maydonga tushdi. Doniyor esa 14 o‘yinda ishtirok etgan.
Fikrlar