Rasman! Oleg Zoteev "So‘g‘diyona" futbolchisi

  • 5 yanvar, 2024, 19:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oleg Zoteev "So‘g‘diyona" futbolchisiga aylandi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

"So‘g‘diyona" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. O‘tgan mavsum "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Jizzax klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida Oleg Zoteev 1989 yil 5-iyulda Samarqand shahrida tavallud topgan. Oleg Zoteev o‘tgan mavsumda "Lokomotiv" tarkibida 20ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 1ta gol va 5ta golli to‘p uzatma yozidirib qo‘ygan.

Futbolchi faoliyati davomida "Bunyodkor", "OKMK", "Lokomotiv", "Jeonnam Dragons", "Qizilqum" jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘ngi jamoasi "Lokomotiv" hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!