Rasman! O‘zbekiston hakamlar jamoasi Jahon chempionatida faoliyat olib boradi
O‘zbekistonlik hakamlar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida faoliyat olib boradi. Bu haqida FIFA rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Xabaringiz bor, 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu mundialda o‘zbekistonlik hakamlar: Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko va Timur Gaynullin esa yordamchi hakam sifatida ishlaydi.
Hakamlarimizga Jahon chempionati o‘yinlarida omad tilaymiz.

Fikrlar