
Rasman! O‘zbekiston terma jamoasi darvozaboni Qozog‘iston klubiga o‘tdi
Futzal bo‘yicha mamlakat chempionati 2021/22-yilgi mavsum startida "Lokomotiv" safiga kelib qo‘shilgan darvozabon Ravshan Eliboev faoliyatini Qozog‘istonda davom ettiradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi posboni, 2021-yilgi jahon chempionatida termamiz sharafini munosib himoya qilgan Ravshan Eliboev Qozog‘istonning "Kaspiy" futzal jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Garchi darvozabon bo‘lishiga qaramasdan Eliboev ushbu mavsumda 3 bora raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar