
Rasman! Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi yana 4 yil o‘z joyida qoladigan bo‘ldi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush o‘z ishida davom etadigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, mamlakat futbol federatsiyasi 65 yoshli mutaxassis bilan amaldagi shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirdi.
Ma’lumot uchun, Santush Portugaliya terma jamoasini 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvida terma jamoa Evropa chempionati va Millatlar ligasida g‘olib bo‘ldi.
Fikrlar