
Rasman! PSJ - "Borussiya" Dortmund uchrashuvi koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi
UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJ - "Borussiya" Dortmund bahsi mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Bu haqda Parij politsiyasi ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalarning Germaniyada kechgan dastlabki o‘yini 1:0 hisobida dortmundliklarning g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
PSJ - "Borussiya" Dortmund bahsi 11 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar