Rasman! "Real" futbolchisi "Milan"ga ko‘chib o‘tdi

  • 6 iyul, 2019, 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Italiyada davom ettiradigan bo‘ldi.

A Seriya rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli futbolchini “Milan” keyinchalik 20 mln evro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Teo o‘tgan mavsumni “Real Sosedad” safida ijarada o‘tkazdi va La Liganing 24ta bahsida maydonga tushib, 1ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Teo Ernandesni 2017 yil hamshahari “Atletiko”dan 26 mln evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!