Rasman! Santush Turkiya klubida ish boshladi
Turkiyaning "Beshiktosh" klubi Fernandu Sauntush bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qildi.

Deyarli 9 yil Portugaliya terma jamoasini boshqargan mutaxassisni avvalroq Polsha ham iste’foga chiqargandi. U terma jamoalarni boshqarishidan oldin "Portu", "Sporting" va "Paok" kabi klublarda ham ishlagan.
Mavsumni yomon o‘tkazayotgan "Beshiktosh" ayni paytda turnir jadvalida 29 ochko bilan 6-o‘rinda turibdi. Istanbulliklar so‘nggi 7 ta o‘yinda atigi 2 marta g‘alaba qozongan.
Fikrlar