
Rasman! Saul Alvares va Uilyam Skull janggi uchun shartnoma imzolandi
Supero‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares “Kanelo” va IBF reytingida birinchi raqamli raqib Uilyam Skull o‘rtasidagi jang uchun shartnoma imzolandi. Bu haqda Fightnews nashri xabar bermoqda.
“Biz TGB Promotions bilan kelishuvga erishganimizdan mamnunmiz. Ammo hozircha ushbu kelishuv tafsilotlarini sir saqlashga kelishib oldik va hozircha hech narsa e’lon qila olmaymiz. "Kanelo" jamoasi tegishli ma’lumotlarni birinchi bo‘lib o‘z vaqtida e’lon qiladi", - deya Skull promouteri Ingo Volkmanning so‘zlarini keltiradi Fightnews.
Avvalroq Saul Alvares Uilyam Skull bilan to‘qnash kelmaslik uchun IBF chempionligidan voz kechishi mumkinligi xabar qilingandi.
Umuman olganda, Alvares professional faoliyati davomida 65 ta jangda qatnashib, 60 ta g‘alaba (39 tasini nokaut bilan) qo‘lga kiritgan, ikkita jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va yana ikkita jangni durang bilan yakunlagan.
Fikrlar