Rasman! "Siti" himoyachisi Italiya klubi a’zosiga aylandi
"Manchester Siti" himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini A Seriyada davom ettiradigan bo‘ldi.
Italiyaning "Inter" klubi uni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 30 yoshli himoyachisini "neradzurrilar" 15 million evroga sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oladi.
Bilasiz, "shaharliklar" safida hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepadi. Akanjining ketishi unga o‘yin amaliyoti ko‘proq bo‘lishiga imkoniyat sanaladi.



Fikrlar