Rasman! "Surxon" bosh murabbiysiz qoldi

  • 29 iyun, 2020, 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Qo‘qon-1912" jamoasiga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, Bahrom Xaydarov o‘z xohishiga ko‘ra. "Surxon" futbol klubi bosh murabbiyligini tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ammo, Xaydarovning klub to‘liq tark etmadi. U klubda boshqa lavozimda ishlashda davom etadi. "Surxon" ayni damda bir qator murabbiylar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yakuniy to‘xtamga kelgunga qadar, mashg‘ulotlarni murabbiy Vladimir Andreev olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq, "Surxon" bosh murabbiyligiga Aleksandr Xomyakov nomzodi ham ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Okasi
02/07/2020 17:32
Мавсум охирига етгунча Сурхондан яна камида уч бор шу хабар чиқса керак!