Rasman! "Tottenxem" Argentina terma jamoasi a’zosini sotib oldi

  • 28 yanvar, 2020, 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi argentinalik yarim himoyachi Jovani Lo Chelsoning transferini “Betis”dan to‘liq sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli futbolchi “shporlar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” Lo Chelsoni mavsum avvalida 1 yilga ijaraga olgan edi. Shu bois tomonlar o‘rtasida imzolangan yangi shartnoma mavsum yakunlangach o‘z kuchiga kiradi.

Ma’lumot uchun, Lo Chelso joriy mavsum "Tottenxem" safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!