Rasman. Uesli - "Roma" futbolchisiga aylandi
Italiyaning "Roma" klubi braziliyalik himoyachi Ueslini o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.
Futbolchi Braziliyaning "Flamengo" jamoasidan ko‘chib o‘tdi. Jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lumotiga ko‘ra, transfer uchun rimliklar 25 million evro to‘ladi. Yana 5 million evro esa bonus sifatida kelishilgan.
21 yoshli himoyachi Italiya A Seriyasida 43-raqam ostida to‘p suradi. U "Flamengo" safida 2021 yildan buyon harakat qilib, 136 uchrashuvda maydonga tushgan, 4 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt sayti Ueslining bozor qiymatini 20 million evro deb baholagan.
Fikrlar