
Rasman! Urugvay terma jamoasi afsonasi faoliyatini yakunladi
Urugvaylik himoyachi Diego Godin 37 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Kecha, 30 iyul kuni Godin faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. U to‘p surayotgan Argentinaning “Veles Sarsfild” jamoasi “Urakan” klubiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
“Men shunday ketmoqchi edim - sog‘lom. Bu sizni hayratda qoldirishi mumkin, lekin men futbolni tark etish haqida anchadan beri o‘ylab kelaman. Endi menda boshqa maqsadlar bor. Mening oilam Urugvayda yashaydi, men yaqinda ota bo‘ldim. Men dam olishni va boshqa narsalardan zavq olishni xohlayman”, - dedi Godin uchrashuvdan keyin.
Ma’lumot uchun, Godin "Atletiko" Madrid safida uzoq yillar to‘p surdi. U “matraschilar” tarkibida jami 389 o‘yin o‘tkazib, 27 gol va 14 golga assistentlik qilgani.
Diego 2013/14 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u “Atletiko” bilan ikki marta Evropa Ligasi va uch marta Evropa Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, "Atletiko" bilan bilan ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqqan.
Faoliyati davomida u “Vilyarreal”, “Kalyari”, “Inter”, “Veles Sarsfild” va “Atletiko Mineyro” klublarida ham o‘ynagan. Godin Urugvay terma jamoasi safida 161 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar