
Rasman. WBA Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliev jangiga buyruq berdi!
Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) birinchi yarim engil vazn toifasi chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega Murodjon Ahmadalievdan majburiy himoya jangi o‘tkazishga buyruq berdi.
Tashkilot tomonidan muzokara uchun 30 kun muxlat berildi, muddat 14 iyul kuni tugaydi.
Inoue 2023 yilning 26 dekabrida chempionlikni qo‘lga kiritgan va uning majburiy himoyasi shu yilning 25 sentyabridan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak. WBA yo‘nalishidagi majburiy da’vogar esa aynan hamyurtimiz bo‘lib turibdi.
Agar belgilangan muddatda kelishuvga erishilmasa, promouterlar o‘rtasida ochiq kim oshdi savdosi o‘tkaziladi.
Fikrlar