
Rasman! "Yuventus"ga 15 ochko qaytarib berildi
Payshanba oqshomida "Yuventus" Italiya chempionati turnir jadvalida 15 ochkoni qaytarib olgani ma’lum bo‘ldi.
CONI (Italiya Olimpiya kengashi) Turin klubining ochkolarni olib qo‘yish haqidagi apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Yanvar oyida "Yuventus"dan soxta kapital o‘sish ishi bo‘yicha 15 ochko olib tashlangandi. O‘shanda "keksa senyora" moliyaviy hisobotlarda o‘yinchilarning transfer qiymatini oshirib ko‘rsatib, kapital o‘sishiga taqlid qilgani aniqlangan.
Oldinda yangi sud jarayoni bor. FIGC Federal apellyatsiya sudi ishni qayta ko‘rib chiqishi kerak.
Ma’lumot uchun, ochkolar qaytarib berilgandan so‘ng "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar