Rasman! Zidanning o‘g‘li Segunda klubiga o‘tdi
“Real” Madrid klubi darvozaboni Luka Zidan yangi mavsumni “Rasing” safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Rasing” 21 yoshli frantsiyalik posbonni 2019/20 yilgi mavsum so‘nggigacha ijaraga oldi. Ularda Lukani keyinchalik sotib olish huquqi mavjud.
Ma’lumot uchun, kichik Zidan “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu paytgacha “qirollik klubi”ning asosiy jamoasida bor yo‘g‘i 2ta uchrashuvda ishtirok etgan.
“Rasing” esa B Segundada ishtirok etadi.

Fikrlar