
Rasmiy munosabat! "Neftchi" futzal jamoasi navbatdagi turlarda qatnashadi
Bir necha soat oldin internet nashrida "Navbahor" va "Neftchi" futzal chempionatining keyingi turiga bora olmasligi haqida maqola chiqarildi. Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha Oliy liganing navbatdagi tur o‘yinlari Xorazm shahriga qo‘yilgan.
Maqolada "Neftchi" futzal jamoasi ushbu tur o‘yinlariga bora olmasligi sababi masofa va u erdagi mehmonxonalarning narxi klublarga muammo tug‘diryapti, deb yozilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futzal bo‘yicha Oliy liganing navbatdagi tur uchrashuvlariga tayyogarlik avjida va "Neftchi" futzal jamoasi navbatdagi turlarga qatnashadi. Jamoa hozirgi kunda musobaqaning to‘qqizinchi o‘rnini band etib turibdi.
Bundan tashqari, bosh murabbiy Farruh Zokirov O‘zbekiston futzal terma jamoasining Osiyo kubogida qatnashishi sababli o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga jalb qilinganlgini ma’lum qiladi.
Manba: "Neftchi" PFK matbuot hizmati.
Fikrlar