Rasmiy xabar! “Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvi o‘tkazilmaydi. "Andijon"ga texnik mag‘lubiyat yoziladi
Bugun, 27 avgust kuni Coca Cola Superliga 13-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o‘yini bo‘lib o‘tishi kerak edi. PFL mazkur uchrashuv o‘tkazilmasligini rasman e’lon qildi.
“Andijon” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor” bilan uchrashuvga etib kela olmasligi bo‘yicha xat yo‘lladi. Shu boisdan bugun bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvda “Paxtakor” jamoasiga texnik g‘alaba yoziladi", — deyiladi PFL saytidagi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha ayni shu sabab bilan U21 jamoalari o‘rtasidagi o‘yin ham bo‘lib o‘tmagan va "sherlar"ga texnik g‘alaba yozilgan edi.

Fikrlar
командангни уйингга олиб бориб олгин сенларни пахтакоринг чемпионлиги хам Барселонага тенглиги хам сен ва 3-4 нафар пуллик фанатларинга керак холос бирон-бир давлатда сенлардаканги бир командага очикдан-очик ёндашиш булмаган, эътибор беринглар ким пахтакор (сохтакор)ни уйинларига кизикиш билан карайпти экан просто бир команда деб Водий ва бошка Вилоят футболини улдирдиларинг яна кайта айтаман алохида пойтахт лигасини ташкил килиб вилоят командаларини тинч куйинглар
Ha bu Andijonni hokimi klubni ja yaxshi ragʻbatlantirayotgan edilar ku????♂️????