Rasmiy xabar! "Leyptsig" bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
"Leyptsig" bosh murabbiyi Domeniko Tedesko klub rahbariyati tomonidan iste’foga chiqarildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti xabar qildi.
"Buqalar" u boshchiligida Bundesligada 11-o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, "Leyptsig" kecha chempionlar ligasi ilk turida "Shaxtyor"ga yirik 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Tedesko 2021 yil dekabrda jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangandi. U bilan birga yordamchi murabbiylar Andreas Xinkel va Maks Urvanchki ham klubni tark etadi.
Fikrlar