Raul Asensio "Real Madrid"ni tark etishi mumkin
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Raul Asensio mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin. Bu haqida "Diario AS" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar himoya chizig‘ida Eder Militao va Din Hausenga tayanishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, jamoa tajribali Antonio Ryudigerni saqlab qolish va yana bir markaziy himoyachi bilan kuchayish niyatida.
Shu sababli Raul Asensio asosiy tarkibdan o‘rin olish imkoniyati past deb baholanmoqda va klub uni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, 23 yoshli futbolchining jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan munosabatlari yaxshi emasligi ham ta’kidlanmoqda.
U o‘tgan yozda "Real Madrid" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi. Biroq bu holat uni klubda qolishiga kafolat bo‘lmasligi mumkin. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevro atrofida.
Fikrlar