Ravshan Ermatov nega «Paxtakor» - «Navbahor» bahsini boshqarmasligini aytdi

  • 15.05.2019 12:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek ayni damda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Superliga hakamlari va OAV xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda Coca Cola Superliganing o‘tgan 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarda hakamlar tomonidan qabul qilingan va futbol muxlislari hamda mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan ba’zi qarorlarga izoh berildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz futbolining faxri, dunyoning eng yaxshi hakamlaridan biri hisoblangan Ravshan Ermatovga "Nega "Paxtakor" va "Navbahor" o‘rtasidagi o‘yinni boshqarmaysiz?" degan savol bilan murojaat qilindi. U esa bunga quyidagicha javob qaytardi.

"Paxtakor" Toshkent jamoasi va bahs ham ushbu hududda bo‘lmoqda. Shu bois imkon qadar bunday o‘yinlarga boshqa hududdan bo‘lgan hakamni tayinlashga harakat qilinmoqda.

Qolaversa, men boshqa ko‘plab derbilarni, kuchli qarama-qarshiliklarni boshqarib bormoqdaman va ha deb bunday bahslarni bir inson boshqarishi ham menimcha joiz emas.

Shuningdek, men rahbariyat tayinlagan bahslarda ishlayman. Aslini olganda mening o‘zimga ham shunday bosim yuqori bo‘lgan uchrashuvlarda ishlab, o‘zimni ko‘rsatish yoqadi", - deydi Ermatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ахмад49
16/05/2019 22:16
Хаммага маълум Равшан Эрматов халол хакам,УФА ва Пахтакорга халол хакамлар ёкмайди,уларга Шерзод Косимов Азиз Асимовга ухшаган пахтакорчи хакамлар керак.
&
ахмад49
16/05/2019 22:16
Хаммага маълум Равшан Эрматов халол хакам,УФА ва Пахтакорга халол хакамлар ёкмайди,уларга Шерзод Косимов Азиз Асимовга ухшаган пахтакорчи хакамлар керак.