Ravshan Haydarov: "Muxlislarimizga alohida rahmat! Bunday atmosferada to‘p tepish yigitlar uchun faxr"

  • 15 mart, 2023, 22:53
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvida : hisobi qayd etildi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida hamyurtlarimiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Avvalombor, O‘zbekiston halqini, futbolchilarni, jamoadagi barcha-barchani finalga chiqqanimiz bilan tabriklayman! Ikki jamoa bir-biriga teng ekanini ko‘rsatib berdi va maydonda shiddatli o‘yin namoyish etdi. O‘yinning asosiy vaqtida masalani hal qilishga urindik. Ammo omad uchrashuv vaqtida bizga kulib boqmadi. Yana penaltilar seriyasiga qadar etib keldik va unda darvozabonimizning qahramonliklari evaziga zafar quchdik. Men yigitlar bilan fahrlanaman. Ular bugun o‘zlarining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishdi. Ularga minnatdorchiligimni izhor etaman!

Zaxiradan uchrashuvga qo‘shilganlarning bahsga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi. Yigitlar bir-ikkita vaziyatda gol ura olmadi. Shuningdek, zaxiradan tushgan Jo‘raboevning maydondan olinishi faqat va faqat uning sariq kartochka olgani bilan bog‘liq. Shunga qaramay, keyinchalik aynan zaxiradan tushgan futbolchilar yaxshigina bellashuvga tezlik qo‘shib berishdi va maydonda ustunligimizni ta’minlagan asosiy omil bo‘ldi.

Yigitlar ko‘plab vaziyatlar yaratishyapti. Afsuski, gol urishimiz uchun nimadir etishmay qolmoqda. Buning ustida ishlashimiz kerak. Jahon chempionatidagi ishtirokka qadar kamchiliklarimizni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

Muxlislarimizga alohida rahmat. Bunday atmosferada to‘p tepish yigitlar uchun faxr. To‘g‘ri, bosim ham sezildi. Ayniqsa, ilk uchrashuvda bu yaqqol sezildi. Shunga qaramay, biz ushbu atmosferadan ijobiy natija bilan chiqishimiz kerak. Energiyani his qilgan holda g‘alabani qo‘lga kiritish haqida o‘ylash lozim.

Final oldidan shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz. To‘g‘ri, ko‘p kuch yo‘qotdik. Tiklanish jarayonlari ustida ish olib borishimiz muhim. Keyingi o‘yinda ham futbolchilar to‘g‘ri yo‘nalishda shug‘ullanib, charchoqlarsiz finalga etib borishga urinamiz. Hal qiluvchi bellashuvda ham jismonan, ham ruhan kuchli bo‘lmog‘imiz darkor.

Qaysi avlod bo‘lishidan qat’i nazar yoshlar bilan ishlashda davom etaman. Hozir men shu yigitlarning bosh murabbiyiman. Ertaga nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Asosan, biz bu yoshdagi futbolchilarni MTJga tayyorlab borishni maqsad qilganmiz. Ular halqaro turnirlarda, yirik musobaqalarda ishtirok etib o‘sishga erishadi. Albatta, bu rivojlanish mamlakat futboliga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Tizimli tarzda yangi etishib chiqayotgan o‘yinchilarni katta o‘yinlarga tayyorlab, futbolimiz rivojiga hissa qo‘shishni istaymiz", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!