
Ravshanbek Umurzoqov bugun navbatdagi jangini o‘tkazadi
Professional ringda muvafaqqiyatli yurishini davom ettirayotgan Ravshanbek Umurzoqov bugun navbatdagi jangini Moldova poytaxti Kishinyov shahrida o‘tkazadi.
Mazkur jangda hamyurtimizga filippinlik tajribali bokschi Roberto Gonsales raqiblik qiladi. Bu bokschi professional ringda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 24 tasida zafar quchgan bo‘lsa (17 nokaut), 4 tasida mag‘lubiyat alamini tortgan.
Kecha mazkur jang oldidan vazn tortish marosimi o‘tkazildi. Bokschilar ushbu to‘qnashuvda “Asian International Championship” kamari uchun ringga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Umurzoqov etti marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan (6 nokaut) bo‘lsa, Sardor Muzaffarov 5 marta ringga chiqib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar