Rahim Sterling "Chelsi"dan ketgach, ijtimoiy tarmoqda murojaat qildi

  • 28.01.2026 22:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rahim Sterling "Chelsi" bilan xayrlashganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda storis qoldirdi.

"Butun e’tibor kelajakka. Alloh buyuk", — deb yozdi futbolchi.

Ma’lumot uchun, Sterling 2022 yil yozidan beri "Chelsi"ga tegishli edi. O‘tgan mavsumda u "Arsenal" safida ijarа asosida harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun londonliklar 31 yoshli qanot hujumchisi bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi. Sterling joriy mavsum boshidan buyon jamoa safida biror uchrashuvda maydonga tushmadi.

788be1a3541afb04c6ccb219a76d5.jpeg?f=webp&q=90&s=2x&w=730

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!