Rayan Garsiya: “Gennadiy Golovkin Shon-shuhrat zaliga kirishga noloyiq”

  • 7 oktabr, 20:58
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Meksikalik boks yulduzi Rayan Garsiya Qozog‘iston vakili, sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkinning Xalqaro boks shon-shuhrat zaliga kiritilishi mumkinligidan norozi.

Tecno

“Avvalo, Golovkinda hech qanday katta g‘alabalar bo‘lmagan. U kimni yutgan o‘zi? Yagona narsa — u uzoq vaqt davomida boksning super yulduzi bo‘lgan. Ammo bu uni Shon-shuhrat zali a’zosi sifatida tan olishga arzimaydi, deb o‘ylayman. Bu zal — haqiqatan ham favqulodda ishlarni amalga oshirganlar uchun. Men Gennadiyni bunday darajadagi bokschi, deb bilmayman,” — dedi Garsiya "Inside The Ring Show" dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Golovkin o‘z faoliyati davomida WBC, IBF, WBA va IBO kamarlarini qo‘lga kiritgan o‘rta vazn afsonalaridan biri hisoblanadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!