Rayan Garsiya: "Onam haqidagi gapi uchun Lopesdan qon bilan qasos olaman!"

  • 08.06.2024 21:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha super engil vazn toifasi WBC kamari sohibi Rayan Garsiya Teofimo Lopesga onasi haqida gapirgani uchun tahdid qildi.

"Onam ko‘krak saratoni bilan hastalangan, Lopes esa onang uchun joningni ham sotasan deya, ustimdan kuldi. Ko‘chada ko‘rsam janjal qilmayman, ammo men unga qonli jang bilan javob beraman", - dedi Garsiya.

Ma’lumot o‘rnida, bir necha kun oldin Garsiya onasi saraton kasalligiga chalinganligini bilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rayan Garsiya (25-1, 20 KO) so‘nggi jangini shu yilning 20 aprel sanasida Devin Xeyni(31-1, 15 KO)ga qarshi o‘tkazdi va unda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!