Rayan Sherki: "Chempionlik uchun kurashda taslim bo‘lmaymiz"

  • 09.05.2026 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premier-ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi.

Yaqinda "shaharliklar" "Everton" bilan kechgan bahsda ochko yoʻqotdi — 3:3. Shu natijadan keyin "Arsenal" yana chempionlik uchun asosiy favorit sifatida koʻrilmoqda.

— Imkoniyat bor ekan, umid ham yashaydi. Shuning uchun biz taslim boʻlmoqchi emasmiz. Barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonishimiz, imkoniy boricha koʻproq "quruq" oʻyin oʻtkazishimiz va koʻproq gol urishimiz kerak. Biz faqat bitta narsani oʻylayapmiz — gʻalabani, — dedi Sherki.

Bugun "Manchester Siti" oʻz maydonida "Brentford" klubini qabul qiladi.
Ayni vaqtda "Manchester Siti" "Arsenal"dan 5 ochko orqada bormoqda, biroq jamoadа zaxirada yana bitta oʻyin mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!