"Rayo Valyekano" 13 yildan so‘ng "Atletiko"ni mag‘lub etdi

  • 16.02.2026 02:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Rayo Valyekano" "Atletiko Madrid" ustidan 13 yildan so‘ng birinchi bor g‘alaba qozondi. La Liga 24-turidagi uchrashuvda Diego Simeone jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu bilan birga, "Atletiko Madrid" "Rayo Valyekano"ga qarshi 19 ta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan edi – so‘nggi mag‘lubiyat 2013 yil 10 fevralda (1:2) qayd etilgan.

Bugungi uchrashuvdagi mag‘lubiyat jamoalar tarixida 1981 yildan buyon eng katta hisobli mag‘lubiyatga aylandi – o‘shanda klub Ispaniya Kubogining 1/8 finalidagi birinchi uchrashuvda ham 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Chempionatda esa "Atletiko Madrid" "Rayo Valyekano"ga qarshi 1979 yil noyabr oyidan beri uchta va undan ko‘p gol farqi bilan mag‘lub bo‘lmagan edi (1:4).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!